Kun.uz tahririyati Özbekiston Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Muloqot davomida Majidov test sinovlari bilan boğliq vaziyat haqida ham töxtalib ötdi.
“Bilasizlar, bu jarayonga aralaşadigan juda köp faktorlar bor. Oliy öquv yurti mana şularning bölişidan manfaatdor emas. Oliy öquv yurti eng yaxşi talablarni öziga yiğib oliş harakatida. Yana aytaman, oliy öquv yurti bu holatlarning oldini olişga harakat qiladi. Texnik jihatdan ham bor, taşkiliy jihatdan ham bor. Iks-variant, degan narsani hozir eşitib turibman. Bu narsa aslida çalğitiş varianti. Ma'lum bir odamlar bundan foydalanib qolmoqçi böladi. Buni har yili körganmiz. Afsuski, köp odamlar aldanib qolmoqda. Qanaqasiga hamma variant yeçilgan holda köçada yurişi mumkin. Bunaqasi yöq. Töğri hammaga har xil variant tuşadi, lekin özini kuçiga işoniş kerak. Hozirgi bizning test tizimimizda agar bilimi bölsa, öziga işonsa, tayyorgarligi kuçli bölsa, yuqori ballni oladi. Uning ballini pasaytirib, özgartirişning heç qanday iloji yöq. Köproq öziga işoniş kerak. Çetga qarab, qayerdadir iks-variant ekan, deyiş kerak emas”, - deydi Oliy ta'lim vaziri.












