AQŞ Alyaskada raketalar hujumiga qarşi mudofaa tizimi THAAD sinovini ötkazdi, deb AQŞ harbiy amaldorlariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi NBC News telekanali.
Avvalroq Alyaskadagi sinovlar 29 iyulda bölib ötişi aytilgan edi. AQŞ sohilböyi qöriqlaş xizmati kemalardan 29 iyulda hamda 30 va 31 iyulda Tinç okeanining Kadyak va Gavayi orollaridagi suv xavzasini çetlab ötişni söragan.
Raketalarga qarşi mudofaa agentligi ma'lumotlariga köra, AQŞ harbiy samolyotlaridan biri ballistik raketa uçirgan, uni raketalarga qarşi mudofaa tizimi uşlab olgan.
Telekanalning ma'lum qilişiça, bu sinovlar AQŞga “oşib borayotgan xavfdan bir qadam oldinda qolişda” yordam beradi.












