2017 yilning 27 iyul kuni taxminan soat 16:30larda Qobiljon Azimov va Bahodir Salimjanovlar özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida Çilonzor tumani hududida fuqaro Anton Petriçenkoning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) boşqaruvida bölgan "Isuzu" rusumli avtomaşina eşigini buziş yöli bilan oçib, uning salon qismidan 4.370.000 söm pullar va 200.000 sömlik kiyimlarini öğirlaganlar. Bu haqda Toşkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (öğirlik, ya'ni bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.












