Özbekiston yoşlari davlat test imtihonlarini topşiriş arafasida turibdi. Bu ularning hayotida unutilmas kun bölib qoladi. Bu yilgi imtihon şaffof ötişini ta'minlaş borasida barça çora-tadbirlar  körildi. Albatta, bu ta'lim soahasida amalga oşirilayotgan islohotlarning samarasidir. Biroq, bu hali natija emas. Natijalar marrasiga yetib borgunga qadar katta mehnat va şijoat talab qilinadi. Kun.uz tahririyati Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan oçiq muloqot ötkazdi.

Qabul kvotalari haqida

Bu yilgi qabul kvotalari qariyb 10 mingga oşdi. Magistraturaga esa bu yilda 5 ming talabani qabul qiliş möljallangan. Albatta, bu boşlanişi. Bu imkoniyatlarga boğliq. Qabul kvotasini belgilaş bilan OTMlarning imkoniyatlari mutanosib bölişi kerak. Buning uçun moddiy baza, pedagoglar kerak. Albatta, ehtiyoj bundan köproq. 

Hujjatlarni onlayn tarzda qabul qiliş

Faqatgina Toşkent axborot texnologiyalari universitetida emas, balki boşqa oliy ta'lim muassasalari ham onlayn tarzda abituriyentlar hujjatlarini qabul qiliş tajribasini qöllaş boşlanmoqda. Faqatgina bu alohida fakultetlarda amalga oşirilayapti. Onlayn tarzda kiritganda yana bir tekşirib olinmoqda. Hozirgi bosqiçda şunday. Bu mas'uliyat juda katta ekani bilan boğliq. Agarda u yerdagi biron ma'lumot kimningdir xatosi bilan notöğri ketib qolsa, bu kimdir bir yilga vaqtini yöqotdi, degani. 

Ijodiy imtihon masalasi

Ijodiy imtihonlarda turli yönalişlardagi mezon har xil. Buni maksimal obektiv qiliş mumkin. Mening fikrim, qançalik bu yerga jalb qilingan mutaxassislar malakasi, saviyasi yuqori bölsa, şunça yuqori obektivlikka erişamiz. Çunki, qandaydir mezonlar qilişimizdan qat'i nazar ijodiy işda ijod doim böladi. Bu masalada juda köp e'tiroz böladi. Ijodiy işda baholaş mezonlarini mukamallaştirib boriş kerak. 

Özbekistondagi öqitiş tizimi 

Özbekistondagi universitetlarning özida turli darajada boşqaruv tizimi yölga qöyilganini aytdi. Jahonda tan olingan universitetlarning tajribasini oliş lozim. Bizda öquv mazmuni, öqitiş dasturlari jahon andozalaridan juda ham qolib ketgan, deb bölmaydi. Çunki, har holda oliy öquv yurtlarida ilm bilan şuğullanadigan pedagoglarimiz salohiyati bor. Mavjud tajriba örganiladi. Ötgan yili barça yönalişlardagi öquv rejalarini işlaşda 5-6ta rivojlangan davlatlardan öquv rejalari olindi. Ularniki hamda özimizniki olinib, soliştirildi. Öqitiladigan fanlarda juda ham katta farq mavjud emas.