Angliya Banki xodimlari 50 yil ichida birinchi bor ish tashlashni o‘tkazmoqda
Angliya Banki xodimlari 50 yil ichida ilk bora maoshni oshirish talabi ilgari surilgan ish tashlashni boshlashdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Aniqlik kiritilishicha, uch kunlik ish tashlash 323 yillik tarixga ega bank direktorlar kengashining yig‘ilishi bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tadi, unda muhim stavka bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Aktsiyada xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirok etmoqda.
Angliya Banki rahbari Mark Karnining yuz qiyofasi tasvirlangan niqoblarni kiyib olgan taxminan 15 xodim Londondagi ofis yonida piket o‘tkazdi.
Unite kasaba uyushmasiga kiruvchi xodimlarning ma'lum qilishicha, ular bank kasaba uyushmasining roziligisiz joriy etilgan “kulguli” maoshlarga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazishmoqda.
Kasaba uyushmasi ma'lumotiga ko‘ra, ish tashlashni o‘tkazish uchun ovoz berganlarning aksariyati yiliga 26,4 ming dollar ishlab topadi. Shu bilan birga, Angliya Banki vakilining xabar berishicha, Unite ish tashlashida xodimlarning taxminan 2 foizi ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
00:51 / 06.11.2024
Boeing xodimlari ish tashlashni to‘xtatdi va korporatsiyaning yangi shartlarini qabul qildi
17:13 / 30.10.2024
BMW, Mercedes, Porsche va boshqa nemis kompaniyalarida umummilliy ish tashlash boshlandi
23:10 / 12.10.2024
Boeing ish tashlashlar fonida 17 ming ish o‘rnini qisqartiradi
00:20 / 22.09.2024