Yevropa Ittifoqi Özbekiston bilan yangi hamkorlik strategiyasini amalga oşirmoqda. U aniq bir iqtisodiy loyihalarga qaratilgan. Ammo bu hamkorlikning e'lon qilinmagan jihatlaridan biri respublikani YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bölişiga yöl qöymaslikdir. Tarix fanlari nomzodi Aleksandr Şustovning eurasia.expert saytida e'lon qilingan maqolasida şu haqda fikrlar bildiriladi.

Bryusselga taşrif

Iyul oyining ikkinçi yarmida «Özbekiston-YeI» hamkorlik kengaşining 13-majlisi bölib ötdi. Unda Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi delegatsiya qatnaşdi. Tomonlar muzokaralar yakunlariga köra, qator hujjatlarni imzolaşdi. Hujjatlar orasida qişloq xöjaligi sohasida moliyaviy yordam beriş böyiça kelişuv ham bor. Unga muvofiq, YeI Qişloq va suv xöjaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qiliş va mustahkamlaş maqsadida Özbekistonga 21,5 mln yevro miqdorida grant mablağlari ajratadi.

Toşkent va Bryussel, Özbekiston TIV matbuot xizmati ma'lumotiga köra, «keng qamrovli masalalar yuzasidan uzoq muddatli va özaro foydali hamkorlikni rivojlantirişga tayyorliklarini bildirdi». Çunki ikki tomon ham «terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvand moddalar savdosi va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş»dan manfaatdor. Bundan taşqari, Abdulaziz Komilov YeIga raislik qilayotgan Estoniya rahbari Sven Mikser va Yevrokomissiyaning savdo böyiça boş direktorati bölimi rahbari Petros Surmelis bilan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi kelişuvga protokol imzolaşdi.

Özbekiston Taşqi işlar vazirining Bryusselga taşrifi arafasida Toşkentga YeKning xalqaro taraqqiyot va hamkorlik böyiça boş direktori Stefano Manservizi va YeIning Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Peter Burian rahbarligidagi delegatsiyasi Özbekistonga kelgan edi.

Muzokaralar çoğida, özbek naşrlarining xabar qilişiça, S. Manservizi «Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy taraqqiy etişi va mintaqaviy barqarorlik saqlanişida Özbekistonning asosiy örin tutişiga e'tibor qaratdi».

YeI vakillari, şuningdek, mamlakatda iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiyalaş böyiça ötkazilayotgan islohotlarni qöllab-quvvatlaşga tayyorliklarini bildirişar ekan, bunda qişloq joylardagi xususiy sektor hamda energetika va suv zaxiralariga sarmoya kiritiş imkoniyatlariga alohida diqqat qaratişgan.