Eron hukumati BMT Xavfsizlik kengaşiga AQŞ ustidan şikoyat bilan murojaat qildi. Bu iyul oyida Tehronga qarşi kiritilgan sanksiyalar tufayli yuz berdi. Şuningdek, Vaşington yadro kelişuvi şartlarining buzilişida ayblandi. Bu haqda seşanba, 1 avgust kuni Tasnim News agentligi Eron parlamenti spikeri Ali Larijoniyga asosan xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, Eron hukumati vakillari Amerikaning yangi sanksiyalar töplamini körib çiqişgan hamda ular yadro dasturi töğrisidagi kelişuvning ba'zi bandlariga zid ekani haqidagi xulosaga kelişgan.

18 iyul kuni AQŞ Eron raketa dasturiga göyoki aloqador bölgan 18 firma hamda jismoniy şaxsga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Şu bilan birga, amerikaliklarning ta'kidlaşiça, çeklov çoralari Eron yadro dasturi böyiça Qöşma keng kölamli harakatlar rejasiga aloqasi bölmaydi.