2016 yilda Yevropa ittifoqi aholisi sonida 1,5 million migrant hisobiga ösiş közga taşlangan va jami 511,8 million kişini taşkil etgan. Bu haqda Yevrostat hisobotiga asoslanib, TASS ma'lum qilgan. 

Hisobotda ta'kidlanişiça, 2016 yilda Yevropada tuğiliş va ölim soni deyarli barobar bölgan. Şu sababli aholining tabiiy ösiş soni nolga teng bölgan. Boşqaça qilib aytganda, Yevropaning 1,5 millionga oşgan aholisi soni xorijdan kelgan fuqarolar evaziga yuz bergan.

Bu borada Yevropa ittifoqining uç yirik mamlakati yetakçilik qilgan: 82,8 million aholiga ega Germaniya (ösiş 625 ming), 67 million aholiga ega Fransiya (ösiş 270 ming), Buyuk Britaniya — 65,8 mln. (ösiş 425 ming).

Aholining sonining eng katta qisqarişlari Litva, Latviya, Estoniya, Ruminiya, Xorvatiya, Portugaliya va Italiyada qayd etilgan. Katta ehtimol bilan taxmin qiliş mumkinki, bu mamlakatlardagi aholi sonining qisqarişiga YeI içidagi migratsiya omili sabab bölmoqda va u hamjamiyatning iqtisodiy farovon davlatlari körsatkiçlarida öz aksini topgan.