Qozoğiston janubida bölib ötayotgan xalqaro armiya öyinlarida dunyoning 18 mamlakatidan kelgan 400 dan ortiq harbiylar iştirok etmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda. 

"18 mamlakatdan kelgan 400 harbiy xizmatçi xalqaro armiya öyinlarida iştirok etmoqda. U bugun Qozoğistonning Jambul viloyatida boşlanadi", — deyiladi xabarda. 

ArMI-2017 iştirokçilari musobaqa boşlanişi avvalida Qozoğiston birinçi mudofaa vaziri Sagadat Nurmagambetov xotirasini yod etişdi. Tantanali marosimda Janubiy Amerika, Osiyo, Afrika va Yevropa mamlakatlari harbiylari iştirok etişdi. 

ArMI-2017 1-9 avgust kunlari Olotov toğlarida bölib ötadi. Unda 18 mamlakat: Özbekiston, Ozarboyjon, Armaniston, Bangladeş, Belorussiya, Venesuela, Gretsiya, Zimbabve, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Möğuliston, Rossiya, Tayland, Tojikiston va JAR harbiylari qatnaşmoqda.