Oxirgi quyoş tutilişi taxminan 600 mln yildan keyin yuz beradi, çunki bu vaqtga kelib Oy Yerdan şunday katta masofaga uzoqlaşadiki, u öz gardişi bilan Quyoşni yopa olmaydi, deb xabar bermoqda Space.com. 

“Töliq quyoş tutilişi uçta hamkor – Oy, Quyoş va Yer “raqsi” hisoblanadi. U Oy va Quyoş juda aniq ustma-ust tuşgandagina yuz berişi mumkin. Vaqt ötib, töliq quyoş tutilişlar miqdori va davomiyligi kamayib boradi va taxminan 600 mln yildan keyin Yer oxirgi marta bunday hodisaning guvohi böladi”, deb aytmoqda NASA koinot parvozlari markazidan Riçard Vondrak.   

Quyoş tutilişi Oy öz harakatida Quyoş gardişidan ötayotganda yuz beradi. Bu har doim yangi oy vaqtida yuz beradi. Biroq hamma yangi oyda ham quyoş tutilişi yuz bermaydi. Yangi oyda Oy orbitasining Yer orbitasiga qiyaligi sababli Oy odatda biroz “nişondan adaşib”, Quyoşdan teparoqdan yoki pastroqdan ötadi. Biroq yilda kamida 2 marta (5 martadan köp bölmagan holda) Oy soyasi Yerga tuşadi va quyoş tutilişi yuz beradi. 

Töliq quyoş tutilişi esa yanada kamroq yuz beradi. Bunda Oy gardişi Quyoşni Yerdan töliq yopadi va Oy soyasi ötadigan sayyoramizning sirtidagi tor polosani vaqtinçalik qoronğilikka çömdiradi. Qoidaga köra, bunday quyoş tutilişlar taxminan 18 oyda bir marta yuz beradi va Yerdagi har bir nuqta 50 yil içida bir marta şunday tutiliş guvohi böladi.  

Vondrakning aytişiça, töliq quyoş tutilişlar vaqtinçalik hodisa hisoblanadi, bunda Oy joyida turmaydi, u Yerdan kötariliş kuçlari ta'sirida sekin-asta uzoqlaşadi. Oy har yil sayyoramizdan yiliga 2,2 santimetrga uzoqlaşmoqda. Bu quyoş sekin-asta kattalaşayotgani bilan birgalikda yakuniy natijada Oy quyoş tutilişi vaqtida Quyoşni jismonan yopa olmaydi.  

Quyoşning keyingi töliq tutilişi joriy yilning 21 avgustida yuz beradi. Bunda Oy soyasi AQŞ markaziy qismining köplab hududlari aholisi uçun Quyoşni yopadi.

Bu Quyoş tutilişi vaqtida  NASA astronomlari Quyoş nuri Oy tuproği  bilan qanday birgalikda işlaşini hamda Yer sirti topografiyasini kuzatişni rejalaştirişmoqda.