Bugun, 1 avgust kuni Özbekistondagi barça Oliy ta'lim muassasalarida yangi öquv yili uçun qabul imtihonlari bölib ötmoqda. Bu yilgi imtihonlar har safargidan köra qat'iy tartiblarda ötkaziladi, şaffoflikni ta'minlaş çoralari kuçaytirilgan.
Xususan, Yuridik universitetining test imtihonlari jonli efirda körsatib turiladi. Bu jarayonda «Kun.uz» ijodiy guruhi hamda «Öztelekom» AK xodimlari qatnaşadi.
Imtihonlar uçun «Özekspomarkaz» milliy körgazmalar majmuasining 6 ta binosi — 4ta pavilon va ikkita auditoriya ajratilgan. Bu binolarga ota-onalarning kuzatişi, xavfsizlik va boşqa maqsadlarda köplab kameralar bilan örnatilgan. «Özbektelekom» AK boş-qoş bölib internetga ulangan öşa kameralarning 20 tasidan tasvirlar «Kun.uz» ijodiy guruhi hamkorligida öquvçilarimiz e'tiboriga havola etib turiladi.
Quyida öşa kameralar tomonidan uzatilayotgan jonli tasvirlar orqali abituriyentlarning test yeçiş jarayonlarini kuzatişingiz mumkin.















