Hollivud aktyori Jorj Klunining xayriya jamg‘armasi va YUNISEF tashkiloti Livandagi suriyalik qochqinlar maktablariga 2,25 million dollar mablag‘ ajratdi. Bu haqda Kluni jamg‘armasi axborotnomasida ma'lum qilingan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"YUNISEF bilan hamkorlik 7 ta davlat maktabiga yordam beradi va taxminan 3 ming qochqin o‘quvchilar tahsil olishiga imkoniyat taqdim etadi", — deyiladi jamg‘arma xabarida.
Jamg‘armaga ko‘ra, bugungi kunda Livanda 200 mingga yaqin suriyalik qochqin bolalar maktabga borish imkoniga ega emas.











