1 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi №PQ-3168 soni qarori imzolandi. Qaror matni prezidentning rasmiy saytida e'lon qilingan.
Qaror matniga köra, u Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5116-son Farmoni ijrosini ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.
Qarorda Davlat soliq qömitasining taşkiliy tuzilmasi va markaziy apparatining tuzilmasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar davlat soliq boşqarmalarining, şuningdek, tumanlar (şaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari tasdiqlangan.
Şuningdek, Davlat soliq xizmati hududiy organlari boşqaruv xodimlarining çeklangan soni tasdiqlanmoqda.
Jumladan, Davlat soliq xizmati organlari boşqaruv xodimlarining çeklangan soni 12.131 nafar, şu jumladan, markaziy apparatda 263 nafar etib belgilangan, şundan 12.056 nafari Özbekiston Respublikasining davlat byudjyetidan, 75 nafari Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantiriş va közda tutilmagan xarajatlar maxsus jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştirilişi belgilab qöyilmoqda.
Ma'lumot uçun, 1994 yilning 4 martida Davlat soliq qömitasi taşkil etilganda qömitaning çeklangan xodimlari soni 15400 nafar edi. 1998 yil 12 yanvarda esa DSQning xodimlari çeklangan soni bekor qilingan, ya'ni qömita istalgança ştat kengaytirişi mumkin bölgan. Şu vaqtgaça qömita xodimlari soni qança bölgani aytilmasdi.
Ma'lumotlarga köra, endilikda xodimlar soni teng yarmiga qisqargan.
Eslatib ötamiz, 12 iyulda ötkazilgan videoselektorda prezident Soliq tizimida jiddiy özgariş bölişini aytgandi. Şundan söng, Soliq qömitasi tugatilib, uning faoliyati Moliya vazirligi yoki boş prokuratura tarkibiga ötkazilişi haqida xabar












