Bitkoin xitoylik maynerlar guruhining aralaşuvidan söng ikkita kriptovalyutaga ajralib ketdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, bitkoinning ikkita kriptovalyutaga (Bitcoin Cash va oddiy Bitcoin’ga) ajralişiga xitoylik maynerlarning (kriptovalyuta oluvçilar) harakatlari sabab bölgan. Ular dastlabki bitkoin işidagi yangi protokolga norozilik bildirişdi.

Mutaxassislarning kutişiça, kriptovalyutaning yangi protokoli tatbiq etilişi tufayli uning tarmoği işi va amaliyotlar tezligi yanada oşadi.

Bitkoinning ajralişidan söng Bitcoin Cash birligi qiymati 146,37 dollarni taşkil etgan bölsa, Bitcoin 4,6 foizga tuşib ketib, 2,729 dollarga teng böldi.

Avvalroq Goldman Sachs Bitkoin 4000 dollargaça qimmatlaşişini başorat qilgandi.