"Hayot bu harakat demakdir, biroq vaqtida çora körilmasa, umurtqa poğonasi yoki böğimlardagi oğriqlar harakatlarga halaqit bera boşlaydi".
Professor S.M.Bubnovskiy
Rossiyadagi Doktor Bubnovskiy markazining Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi litsenziyalangan bölimi heç qanday dori vositalari, ukol va jarrohlik aralaşuvisiz tayanç-harakat tizimi kasalliklari, jumladan umurtqa diski çurrasi, tos-son va tizza böğimlari artrozi, insultdan keyingi harakatlanişdagi muammolar, diskektomiya yoki laminektomiya, tos-son va tizza böğimlari endoprotezidan keyingi holatlardagi muammolarni bartaraf etişda yordam beradi.


Markaz Toşkent şahridagi faoliyatini nisbatan yaqinda boşlaganiga qaramay, qator davlatlar (Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon, Qozoğiston, Estoniya, Qirğiziston, Möğuliston va b.)dagi filiallar orasida eng yaxşi natija körsatgan klinikalar önligiga kiritildi va şaxsan professor S.M.Bubnovskiyning özi tomonidan yuqori baholandi.

Bubnovskiy markazidagi davolaniş jarayoni şifokor-kineziterapevtning bir neça bosqiçli konsultatsiyasidan boşlanadi. Ötkazilgan tekşiruvlar natijasiga köra, bemorga muayyan taşxis qöyiladi va uning yoşi, jinsi hamda mavjud kasalliklaridan kelib çiqib, individual davolaş dasturi tuziladi.

Doktor Bubnovskiy markazida qanday Profilaktik dasturlar amalga oşiriladi?
- Vegetativ-tomir distoniyasi va surunkali çarçaş sindromi profilaktikasi;
- II turdagi qandli diabet, aterskleroz, gipertonik kasallik, yurak işemik kasalliklarida soğlomlaştiriş dasturlari;
- Ortiqça vazn, tsellyulit, böğim yetişmovçiligi korrektsiyasi;














