Jahon kökrak suti bilan oziqlantiriş haftaligi har yili avgust oyining dastlabki kunlari 1-7 avgustda nişonlab kelinadi. Hafta davomida farzandlarni kökrak suti bilan oziqlantiriş böyiça tarğibot işlari amalga oşiriladi.
Bu yilgi haftalikning şiori - “Kökrak suti bilan oziqlantirişni birgalikda qöllab-quvvatlaylik!” Buning boisi - kökrak suti bilan oziqlantiriş birgina emizikli ayolga tegişli bölgan iş emas. Bunga biz hammamiz – oila a'zolar, döst-u-birodarlar, mahalla, qolaversa, butun jamiyat va davlat – mas'ulmiz. Bu masalani öz vaqtida tuşunib yetişimiz lozim, çunki bolalar hayotga kelişining ilk kunlaridanoq ularga ğamxörlik körsatiş, yaxşi oziqlantiriş va parvarişlaş uçun onalarga şaroit yaratib beriş – millat kelajagi töğrisida qayğuriş demakdir. Buni amalga oşiriş öz qölimizda. Birgalikda bu ijobiy amaliyotni qöllab-quvvatlaylik!
Kökrak suti bilan oziqlantiriş töğrisidagi qiziqarli faktlarga murojaat qilsak:
• Ona suti bilan oziqlantirişning optimal amaliyoti har yili 20,000 ayolni kökrak saratoni yoki tuxumdon saratoni tufayli hayotdan köz yumişini oldini olişga yordam beradi.
• Kökrak suti orqali onalar öz farzandlariga immunitet ulaşişadi. Bu yesa bolalarni şaxsiy immunitet şakllangunga qadar turli xavf-hatardan himoya qiladi.
• Agar dastlabki 6 oy davomida faqat kökrak suti bilan boqilgan bolalar bilan umuman emizilmagan yoki 6 oyga tölmasidan oldin kökrakdan çiqarilgan bolalarning salomatlik körsatkiçlari soliştirilsa, birinçi guruhdagi bolalar ikkinçi guruhdagilarga nisbatan yuqumli kasalliklarga kamroq çalinişi hamda ölim körsatkiçlari ham pastroq bölişi isbotlangan.
Kökrak suti bilan farzandni oziqlantiriş - bu tabiat in'omidir. Kelinglar, har bir tuğilayotgan gödak hayotining ilk kunlarini mehr-muhabbatga töla boşlaşi uçun onalarga birgalikda kömaklaşaylik.












