Mavsumiy toşqinlar birdaniga fojiali tus olgan Tailandning şimoliy va şimoli-şarqiy viloyatlarida oxirgi 4 kun içida 11 kişi halok böldi, 3 kişi bedarak yöqolgan hisoblanmoqda.
Mamlakatning 77 ta viloyatidan 19 tasidagi katta hududlar fojia hududi deb e'lon qilingan, bu yerda toşqinlar balandligi 1,5-3 metrni taşkil qilgan. Tailand boş vaziri general Prayut Çan-Oça 2 avgust ertalab şimol va şimoli-şarqqa mahalliy ma'muriyatlar va fojia hududlarida joylaştirilgan harbiy qismlarning aholiga kömak beriş böyiça sa'y-harakatlarini şaxsan safarbar etiş uçun jönaydi.
Tailand IIVning tabiiy fojialardan ogohlantiriş markazi ma'lumotlariga köra, toşqin janubga tomon tarqamoqda va yaqin kunlarda markaziy viloyatlarga yetişi mumkin. Joylarda harbiylar va mahalliy hukumat suvni yaqin oradagi suv havzalariga tortib oliş böyiça işlarni taşkillaştirişgan, biroq bir qator viloyatlarda toşqin tortib olinayotgan suv taşlanayotgan mahalliy suv omborlari töğonlari vayron bölgani sababli kuçaygan.
Tailandda odatda may oyidan oktabrgaça davom etadigan yomğirlar mavsumida toşkinlar deyarli har kuni yuz beradi, biroq joriy yilda kuçli davomiy yomğirlar uni odatdagidan ançagina xavfli körinişga keltirdi.
Joriy yildan toşqinlar Tailand bilan qöşni davlatlarda ham fojiali köriniş oldi. Misol uçun, Laosning şimoliy, toğli qismida joriy yilda tarixda ilk marta toşqin oqibatida odamlar halok bölgan.












