Sönggi kunlarda qator OAV muhokamasida bölib kelayotgan mavzulardan biri bu oziq ovqat mahsulotlari, ayniqsa sabzavot va göşt mahsulotlari narxi sezilarli kötarilib, qimmatlaşgani haqida bölmoqda, desak mubolağa bölmaydi. Ayniqsa, göşt narxining kötarilgani turli fikrlarni keltirib çiqarmoqda. Xususan, ayrimlar göşt qimmatlaşuvida qassoblarni ayblayotgan bölsa, kimlardir çorvadorlar va qoramol yetiştiruvçilarni tanqid qilmoqda. Boşqalar yem-xaşak narxi kötarilganini vaj qilişayapti, yana kimlardir göşt eksport qilişga ruxsat berilganini sabab sifatida körsatişmoqda.

Kun.uz tahririyati uşbu masalani Toşkent şahri bozorlari va kuşxonalari misolida örganib çiqişga qaror qildi.
Örganişlar Toşkentning Mirobod, Çorsu va Farxod bozorlari göşt bozorlarida olib borildi. Bundan taşqari göşt savdosi bilan şuğullanuvçi dökonlar va supermarketlar (Korzinka, Kasbino) göşt rastalaridagi narx-navo örganib çiqildi.


Örganişlar davomida Uçtepa va Şayxontohur tumanlaridagi kuşxonalarda ham bölindi. Bu yerda qöy göştining bir kilogrammi 30000-31500 sömdan tortilayotgani aniqlandi.
Mol göşti esa, bir kilogrammi 32000-32500 sömdan sotilmoqda. Bunda, alohida ta'kidlaş joizki, kuşxonada sotilayotgan göşt mol yoki qöy söyilganidan söng 4 qismining vazni hisobga olinadi.

Şuni alohida uqdirişni istardikki, bozorlarda “Özbekoziqovqatzaxira” taşkiloti tomonidan taşkil etilgan savdo rastalarida arzon narxlarda göştlar taklif etilmoqda. Ularning 1 kilogrammi 20 ming -24 mingdan sotilmoqda. Ammo, ularning sifatiga xaridorning savollari bölişi aniq. Masalan, muzlatilib, qadoqlangan göşt kilosi 21 ming sömdan sotilayotgan bölsa-da, uning sifati haminqadar ekani körinib turibdi. Yana sotuvçilarning aytişlariça, bu göştlar harbiylar uçun bir neça yillar mobaynida muzxonalarda saqlanib kelingan zaxiradagi göştlardan qadoqlangan. Bizning uşbu göştlarning neça yillik ekaniga doir savolimizga sotuvçi aniq javob bera olmadi.















