Bugun, 1 avgust kuni Özbekiston Milliy universitetida 2017-2018 öquv yili uçun bakalavriat yönalişlariga test sinovlari bölib ötdi. Universitetda bu yilgi imtihon jarayonlari şaffof, adolatli va haqqoniy tarzda ötkazilişi uçun barça çoralar körildi. Jumladan, ÖzMUda birinçi marotaba barça auditoriyalarga kuzatuv kameralari örnatilib, test jarayonlari abituriyentlarning ota-onalariga onlayn tarzda uzatildi. Şu bilan birga “Yoşlar” telekanalida töğridan-töğri translyatsiya qilindi.
Eslatib ötamiz, bu yil ÖzMUda 2017-2018 öquv yili uçun bakalavriat yönalişlariga jami 13790 nafar abituriyent arizasi qabul qilindi. Qabul jarayonida zamonoviy biometrik texnologiyalar asosida abituriyentlarning nazorat qiliş va boşqariş tizimi, şuningdek, qiyofadan şaxsni aniqlaşga qaratilgan “aqlli” texnologiya qöllangani haqida xabar berilgan edi. Bu “aqlli” texnologiyalar yordamida hujjat topşirişgaça bölgan jarayonda 70dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan.

ÖzMU rahbariyati avval va'da berganidek bugungi test sinovlarida ham ayni şu aqlli texnologiyalar qöllanildi. Test ötkaziladigan auditoriyalarga kuzatuv kameralari örnatilib, jarayonning töğridan-töğri namoyişi onlayn rejimda keng jamoatçilikka uzatildi. Aqlli texnologiyalar hujjatlar qabul qiliş jarayonidagi birinçi bocqichda abituriyentlar test jarayonlari adolatli va şaffof ötkazilişida kuzatuvçi sifatida baho bergan bölsa, bugun ularni qaysidir ma'noda öz bilim va imkoniyatlariga mustaqil baho beriş va töğri xulosa çiqarişga undadi.


Pirovard natijada 188 nafar abituriyent sinov imtihonida iştirok etişdan voz keçdi. 77 nafar abituriyent kuzatuvçilarning adolatli yondaşuvi sabab test sinovlaridan çetlaştirildi. Aqlli texnologiyalarga çap berişga uriniş holatlari ham kuzatildi. Lekin buning oldi olinib, 4 nafar abituriyent imtihonga kiritilmadi. Bu eksprementdan közlangan asosiy maqsad, iqtidorli, bilimli abituriyentlarga öqişga kiriş imkoniyatlarini yanada kengaytirişdan iborat.
Sohiba Soliyeva.
















