«Napoli» örtoqlik uçraşuvlari doirasida «Audi Kap» turnirining uçinçi örni uçun keçgan bahsda «Bavariya»ni mağlubiyatga uçratdi. Myunxendagi «Alyants-Arena» stadionida keçgan uçraşuv italyanlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 14-daqiqasida «Napoli» Kalidu Kulibalining goli evaziga hisobni oçdi, öyinning ikkinçi bölimida Emanuel Jakkerini jamoasi ustunligini oşirdi. Öyinning qolgan qismida hisob özgarmasdan qoldi.
«Audi Kap» finalida «Liverpul» «Atletiko» bilan öynaydi.
Turnir yarim finalida Karlo Ançelotti şogirdlari «Liverpul»ga 0:3 hisobida yutqazgandi.
Umuman olganda myunxenliklar jamoasi mavsumoldi tayyorgarlik yiğini doirasida ötkazilgan 6ta örtoqlik uçraşuvidan 5tasida mağlub böldi. Bungaça «Bavariya» «Arsenal» (1:1, 2:3), «Milan» (0:4), «Inter» (0:2) jamoalariga mağlub bölgan, «Çelsi» ustidan 3:2 hisobida ğalaba qozongandi.

Audi Cup
Uçinçi örin uçun öyin
Napoli – Bavariya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 14 Kulibali, 2:0 – 55 Jakkerini.
Napoli – Sepe (Rafael, 46), Madjo (Xyusay, 61), Gulyam (Mariu Ruy, 46), Kulibali, Maksimoviç (Kirikeş, 61), Hamşik (Jakkerini, 46), Kallejon (Jorjino, 61), Mertens (Pavoletti, 78), Insine (Rog, 46), Zelinski (Milik, 78), Diavara (Allan, 62).
Bavariya – Fryuxtl, Zyule (Avudja, 78), Fridl, May, Vidal (Tolisso, 64), Rudi (Fayn, 77), Koman (Riberi, 64), Kimmih, Sanşeş, Tillmann, Vintsxaymer (Tsrniçki, 64).
Ogohlantirişlar: Jorjino (73), Mertens (74), Rog (77).












