Iqtisodiy protsessual kodeks loyihasi QHTBT portalida e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Eslatib ötamiz, Iqtisodiy protsessual kodeks loyihasini (IPK) joriy yilning 1 sentabrigaça Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiş topşirilgan. 

IPK loyihasi 5 bölim, 36 bob va 337 moddadan iborat. Loyihada amaldagi XPKda mavjud kamçiliklar  bartaraf etildi.

Jumladan, yangi Kodeksning loyihasi quyidagi özgartirişlarni közda tutadi:

1 – xorijiy sudlar va arbitrajlarning qarorlarini e'tirof etiş va ijro etiş töğrisidagi işlar böyiça sud işini  yuritiş tartibini, şuningdek yuridik ahamiyatga ega faktlarni örnatiş töğrisidagi işlarni reglamentlaydi;
 
2 – viloyat darajasidagi iqtisodiy sudlarning sudlovga tegişliligiga Özbekiston norezidentlari-çet el fuqarolari iştirokidagi işlar va  xorijiy sudlar va arbitrajlarning qarorlarini e'tirof etiş va ijro etiş töğrisidagi işlar kiritildi;

3 – sudlovga tegişlilikning umumiy qoidasiga tuzatiş kiritildi: yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga da'volar ular röyxatdan ötkazilgan joy böyiça sudga taqdim etiladi (hozir – javobgarning joylaşgan joyi böyiça);

4 – prokuror fuqarolar, ustav jamğarmasida davlat uluşi bölmagan yuridik şaxslar va davlatning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan sudga murojaat qiladi. Bunda fuqarolar va xususiy taşkilotlardan da'vo arizasi beriş uçun yozma ravişdagi rozilik talab etiladi;

5 – vakillar ixtiyoriy (şartnomaviy) va professional (advokatlar)ga toifalaştirilgan;

6 – soliq qarzini qarzdorning mol-mulkiga qaratişning sud tartibi çiqarib taşlanmoqda;

7 – kommunal qarzlarini sud tartibida undiriş uçun uning miqdori fuqarolar uçun kamida EKIHning 5 baravari va yuridik şaxslar uçun kamida EKIHning 20 baravarini taşkil qilişi kerak;

8 – yaraştiriş tartib-taomillarini tartibga soluvçi normalar (kelişuv bitimi) alohida bobga birlaştirildi;

9 – yangi institutlar joriy etilmoqda:

•  sud buyruğini beriş töğrisidagi arizani qaytariş;