Bugun, 2 avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida umumta'lim maktablari va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari örtasida özaro integratsiyani ta'minlagan holda, 11 yillik örta ta'lim tizimini joriy etiş, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qiliş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Yiğilişda Boş vazir va uning örinbosarlari, tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari, joylarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari, xalq ta'limi va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boşqarmalari boşliqlari, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, öqituvçi va pedagoglar, jamoatçilik vakillari iştirok etdi. 

Ma'lumki, davlat rahbari tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida aholi, jamoatçilik vakillari bilan ötkazilayotgan uçraşuv va muloqotlar çoğida, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga ota-onalardan bölayotgan murojaatlarda umumta'lim maktablarida 10-11-sinflarni taşkil etiş yuzasidan köplab takliflar bildirilmoqda. 

«11 yillik ta'lim yetarli hisoblansada, biz yoşlarni ortiqça bir yil öqitganmiz. Buning oqibatida yoşlar bir yil yöqotmoqda va katta hayotga kirib kelişda bir yilga keçikmoqda», degan prezident.

Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, keng jamoatçilik vakillaridan tuzilgan işçi guruh a'zolari tomonidan joylarda ota-onalar va öquvçilar hamda keng jamoatçilikning 2017-2018 öquv yilidan boşlab 9-sinf bitiruvçilari umumta'lim maktablarining 10-sinflarida, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida öqişni davom ettirişiga oid fikrlari örganildi. 

Bu jarayonda umumta'lim maktablarining 466 ming nafar 9-sinf bitiruvçisidan 352 ming nafari 10-sinfda, 114 ming nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida öqişni davom ettiriş niyatida ekani aniqlandi. 

Yiğilişda ota-onalar va bolalarning şu boradagi xohiş-istaklarini töliq hisobga oliş va röyobga çiqariş zarurligi, ularning ovora bölişiga yöl qöymaslik, şunday holatlar yuz bergan taqdirda tegişli tumanlar hokimlari, xalq ta'limi bölimi va ta'lim muassasalari rahbarlariga nisbatan qat'iy çoralar körilişi ta'kidlandi. 

Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi rahbarlariga mahalliy hokimliklar bilan birgalikda şu yil 20 avgustga qadar har bir öquvçining aniq maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejida öqişni davom ettirişini ta'minlaş vazifasi yuklatildi.