Turmuş örtoği bilan tört nafar farzandini voyaga yetkazgan Suhrob Mamatov (ism-familiyalar özgartirilgan) yoşi oltmişni qoralaganda sudning qora kursisiga ötirişga majbur böldi, qotil degan nom orttirdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Avvaliga öğillar öz işi bilan maşğul, oila tinç-osuda hayot keçirardi. Orada avval katta öğil, keyinçalik ikki kiçigi ham uning ortidan Rossiya davlatiga borib, işlab kelişdi, “Kobalt” rusumli avtomaşina sotib olişdi. Biroq, kenja öğil Ravşan spirtli içkilik içişga ruju qöydi. Içib, tinçgina ötirsa mayli, töpolon qilib hammani bezor qilişni odat qildi. Kundalik janjallardan bezigan akalar alohida uy qurib, çiqib ketişdi. Beboş öğilning xarxaşasini kötariş ota bilan onaga qoldi.

Fojia yuz berişidan bir kun oldin ham köçaga çiqib ketgan kenja öğil keçki payt mast holda kelib, janjal qilişni boşladi. Birozdan keyin aroq olib kelmoqçiligini aytib, maşinaning kalitini qidira boşladi. Onasi noiloj unga ozroq pul olib çiqib bergaç, Ravşan köçaga çiqib ketdi. Köp ötmay bir şişa aroq olib keldi-da, hovlida ötirgança, iça boşladi. Şişa böşagandan keyin devorga otib sindirdi. Biroz ötirgaç, “Aroğim qani?” deya töpolon qilişga tuşdi. Onasi uni tinçlantiriş uçun katta öğliga pul berib, dökonga jönatdi. Ravşan aroqni qölga olgaç, tinçlandi. Biroq otgunça şişani böşatiş barobarida özi ham uxlamadi, boşqalarni ham uxlatmadi.

Ertasiga ertalab ham Ravşanning kayfi tarqmagan edi. Birozdan keyin hovlida ota-bola tortişib qolişdi. Ota “öğlim mast, hozir unga gap kor qilmaydi”, demadi, öğil esa “bu otam-ku, hurmatini qilay”, deyişga qodir emasdi. Xullas, janjal kuçayib, Ravşan qöliga ilingan narsalarni duç kelgan tomonga ota boşladi. Bir mahal qöliga tuşgan oftobani “Kobalt” avtomaşinasiga otmoqçi bölganida, uşlab qolişdi. Ravşan şundan keyin sal tinçlandi-yu, keyin yana janjal qila boşladi. Bunga toqat qilolmagan ota qölidagi hassa bilan uning boşiga orqa tomonidan ikki marta zarb bilan urdi. Ravşan stolga suyanib qolgaç, örtança öğli bilan uni suyab, içkariga olib kirib, yotqizib qöyişdi. Şunda ham tipirçilayvergaç, otasi taşqaridan mol boğlaşda işlatiladigan arqon olib kirib, oyoq-qölini boğlab, eşikni taşqaridan qulflab qöydi.

Hovlida biroz yurgaç, Ravşan öziga kelgandan keyin uni tinç qöymasligi xayolidan ötib, uni tinçitişni öylab qoldi. Bu paytda köziga heç narsa körinmadi, Ravşan özining puştikamaridan bölgan jigarbandi ekanini, özi uni kötarib katta qilgani-yu, rejasi esa jinoyat ekanini öylab ham ötirmadi. Eşikçi oçib içkariga kirdi va Ravşanni böğa boşladi. Ammo kuçi yetmadi. Şoşganiça hovliga çiqib, sim topdi. Bir uçini öğlining qöl va oyoğining boş barmoğiga örab, uçini ikkiga ajratdi-da, rozetkaga tiqdi. Ravşani bir-ikki tipirçilab, jim böldi. Simlarni yeçib olib, taşqariga çiqdi. Bu paytda xotini qarindoşinikiga töyga ketgan edi. Yarim soat çamasi hovlida tentirab yurgaç, xonaga kirib qarasa, öğlining joni uzilibdi. Oyoq-qöllarini yeçdi. Eşikni yana qulfladi.