Internetda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov kommandos körinişida bölgan rolik joylaştirildi.

Berdimuxamedov rolikda kamuflyaj kiyimida avtomat, miltiq va töpponçadan otayotgani, piçoqni ustamona uloqtirayotganini köriş mumkin. U bularning barçasini 100 foiz aniqlik bilan, harbiylar olqişlari ostida bajarmoqda. Rolikka qoldirilgan izohlarda Berdimuxamedov jangari filmlar qahramonlariga qiyoslangan. Izoh qoldirganlardan biri Berdimuxamedovga “Turkmenator” deb nom ham bergan. Boşqa bir foydalanuvçi esa suratga oliş usuli hind kinosini eslatib yuborişini aytgan.

Turkmaniston davlat axborot agentligi saytida prezident Aşxobodning janubiy qismidagi qöşinlar tayyorligini tekşirgani ma'lum qilingan.   

“Mamlakat rahbari bu yerda taqdim qilingan eng yangi jangovar qurolni qöliga olib, nişonni aniq ura olişini namoyiş qildi, bu esa u yuqori darajadagi harbiy tayyorgarlikka egaligining isboti böldi. Söngra prezident töpponçadan nişonga öq uzişda ustaligini namoyiş qildi. Oliy qömondon ştik-piçoqlar bilan nişonni urib, sovuq qurolga mohirona egalik qiliş böyiça malakalarini namoyiş qildi», deb aytilgan xabarda.