XX asr ikkinçi yarmidan boşlab Sobiq Ittifoq rahnamoligida taşkil etilgan bir neçta davlatlar SSSR parçalanib ketgandan keyin ham öz ğoyalariga sodiq qolmoqda. Bu davlatlardan biri Kuba bölib, uning yetakçisi butun umri davomida «imperialistik» hokimiyatlarga qarşi kuraşiş bilan öz siyosatini quvvatlantirdi. Bunday çigal vaziyatlarda haqiqat yuzaga çiqişi muşkul vazifa, ammo «taşqi duşman» haqida vahima yaratib, xalqni himoya qiliş zarurligi diktatorlarga xos xarakter hisoblanadi. 

Ammo, Venesuelada yuz berayotgan ziddiyatlar va töpolonlarning uzoq masofadagi xalqlarga qanday ta'siri bölişi mumkin? Turli til, madaniyat va e'tiqod vakillarining qaraşlari ham turfa xil bölişi tabiiy. Barça islohot va yangilanişlar zamirida inson omili turar ekan, Venesuela masalasiga ham jiddiy e'tibor qaratib ötamiz.

Xalq aziyat çekmoqda...

Davlatlar örtasida paydo bölayotgan ixtiloflar, iqtisodiy sanksiya va taqiqlar bevosita oddiy aholining kundalik turmuş tarziga salbiy ta'sir körsatmoqda. Xalq orasida hozirdanoq «Maduro diyetasi» (Nikolas Maduro mamlakat prezidenti sanaladi) iborasi paydo bölgan bölib, bu kam ovqat yeyiş, dori-darmon va birlamçi ehtiyojlar uçun kerakli vositalarning yetişmovçiligiga nisbatan işlatiladi. Ötkazilgan ijtimoiy sörovnomaga köra, respondentlarning 72 foizi sönggi bir yil davomida öz vaznini yöqotib borayotganini, 32,5 foizi esa töyib ovqatlana olmayotganini bildirgan.

Xalqaro neft va gaz savdosi muvozanatda emas

Venesuela neft va gaz zaxiralariga boy davlatlardan biri hisoblanadi. Unga nisbatan qöyilgan sanksiyalar nafaqat içki imkoniyatlarga, balki jahon neft bozorida ham öz aksini körsatadi. AQŞga mintaqadagi neft yetkazib beruvçi davlat qatorida ikkinçi örinda turgan Venesuelaning daromadi asosan qora oltin hisobidan bölib, bir barrel neftning narxi sönggi kunlarda 50.7 dollari qiymatida baholangan.

Qöşni mamlakatlarga boşpana izlab keluvçi muhojirlar soni ortib boradi

Mamlakat içida siyosiy tarqoqliklarning avj olişi hali heç narsa emas, agar qurolli töqnaşuv yoxud namoyişlar köpaymasa. Sönggi olti oy davomida 21,600 nafar venesuelalik fuqarolar çet davlatlardan rasman boşpana sörab murojaat qilgan. Vaziyat keskinlaşib borişi mintaqada ikkinçi Suriyani eslatib yuborişi mumkin.