Lexus kompaniyasining AQŞdagi dilerlari ixtiyorida 12 ta yangi, sotilmagan LFA superkari borligi aniqlandi. Bu haqda Autoblog naşri batafsil töxtalgan. Uşbu modelni işlab çiqiş 2012 yilda töxtatilgan.
Ammo sotilmagan superkarlarning topilişi quyidagiça izohlanmoqda. Gap şundaki, 2010 yili buyurtmalar soni keskin pasaya boşlagan. Maşinalar zavodda qolmasligi uçun işlab çiqaruvçi dilerlar va LFA’ning boşqa egalariga model nusxalaridan qöşimça xarid qilişni tavsiya qildi. Bungaça ularda bunday imkoniyat mavjud emas edi. Şu yöl bilan Lexus tovlamaçiliklarga yöl qöymaslikka harakat qilgan.
Şu bilan birga, AQŞdan boşqa mamlakatlarda bu maşinadan neça dona sotilmay qolgani ma'lum emas.

Lexus superkari Yaponiyaning Ayti prefekturasidagi zavodda işlab çiqilgan bölib, 2012 yil 14 dekabrdan model konveyeri töxtatilgan. Undan atigi 500 dona işlab çiqilgan. Sönggi LFA Yevropaga 2013 yil martida yetkazilgan. Uni restorator Nikolas Şilling xarid qilgan.
Lexus LFA 4.8 litrli V10 motor bilan jihozlangan. U 6 diapazonli AUQ bilan hamkorlikda superkarni harakatga keltiradi. Dvigatel quvvati 560 ot kuçiga teng. Maşina joyidan soatiga 100 km tezlikka 3,7 soniyada erişadi. Uning eng yuqori yezligi soatiga 325 kmni taşkil etadi.

















