Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Duterte universitetlarda barchaga bepul ta'lim olish imkoniyatini taqdim etmoqda
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte iqtisodiy maslahatchilarining tavsiyalarini rad etgan holda, mamlakatning barcha oliy ta'lim muassasalarida bepul ta'lim olish imkoniyatini taqdim etuvchi qonun loyihasini qabul qildi.
"Mamlakat rahbarining fikricha, aynan shunday qonuning qabul qilinishi byudjyet taqchilligini yechishda yangi imkoniyatlarni taqdim etadi", deb xabar beradi prezident Matbuot kotibi o‘rinbosari Menardo Guverra.
Bundan avval iqtisodiy maslahatchilar Dutertega mamlakat byudjyeti yillik ikki milliard AQSh dollari qiymatidagi loyihani qoplay olmasligini bildirgan edi. Bundan tashqari unga ta'lim olayotgan talabalarning 12 foizigina iqtisodiy imkoniyati cheklangan oilalar farzandi ekani ham yetkazilgan.
Shuningdek, prezident ma'muriyati Dutertening olti yillik vakolat muddati yakuniga yetgunga qadar mamlakat infatuzilmasini rivojlantirish uchun 180 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni maqsadli sarflash rejalashtirilganini bildirdi.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
11:23 / 11.03.2025
Filippin sobiq prezidenti Rodrigo Duterte hibsga olindi
18:35 / 24.05.2022
Duterte Ukrainadagi urushni qoraladi
20:39 / 30.11.2021