2017 yilning 3 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yiğilişi ötkazildi. Unda madaniyat, san'at, adabiyot va OAVdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş çoralari hamda kelgusidagi vazifalar körib çiqildi. Yiğilişda barça viloyat, şahar va tuman hokimlari, ularning örinbosarlari hamda qator idora, taşkilotlarning rahbarlari iştirok etdi.

Videoselektor yiğilişida iştirok etgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, Prezident davlat Özbekistondagi ijodkorlar uçun alohida buyurtmalar asosida işlaşi haqida gapirgan. Taniqli şoirlar Anvar Obidjon, Halima Xudoyberdiyeva buyurtma asosida asarlar yozib berişi haqida fikr bildirilgan. 

Bundan taşqari, “Özbekkino” taşkiloti Mirzo Uluğbek, Ibn Sino, Bahouddin Naqşband töğrisida arzirli kinofilm yarata olmayotgani uçun alohida tanqidga olindi. Rejissyor Bahodir Yöldoşev Mirzo Uluğbek haqidagi kinofilm ustida işlayotgani, jahon kinoekranlariga çiqadigan darajadagi film yaratilişi lozimligi ta'kidlab ötilgan. Kinematografiyada ayniqsa juda orqada qolib ketganimiz aytildi. Endi şu sohani rivojlantiriş uçun katta mablağ berilişi ma'lum qilingan. “Özbekkino” qoşidagi jamğarmaga 200 mlrd söm va 5 mln dollar berilişi xabar berildi.

Yiğilişda “Özbekfilm”, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyalarini ta'mirlaş, ularning moddiy-texnik bazasini kuçaytiriş, eng zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlaşni közda tutadigan Prezident qarori tayyorlanayotgani e'lon qilindi. Bu hujjatga köra, “Özbekkino” milliy agentligi uçun davlat buyurtmasiga asosan işlab çiqariladigan badiiy filmlar sonini 2018 yilda 20 ta, 2020 yilda 30 taga, multiplikatsion filmlar sonini esa 2018 yilda 15 ta, 2022 yildan boşlab 50 taga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Bundan taşqari, agentlik huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantiriş jamğarmasi tuziladi.