18:11 / 04.08.2017
7156

Videotizer: Nissan yangi Leaf aerodinamikasini namoyish qildi

Yaponiyaning Nissan kompaniyasi yangi avlod Leaf elektrokariga doir navbatdagi tizerni namoyish qildi. Videolavha modelning aerodinamikasi haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. 

Shu bilan birga, Nissan yangi modelga oid boshqa tafsilotlarni keltirmagan. Ishlab chiqaruvchi faqat «aerodinamik qarshilikning kamligi va ajoyib barqarorlik yangi Leaf modeliga qo‘shimcha quvvatlanishlarsiz uzoq masofani ortda qoldirish imkonini berishini» qo‘shimcha qildi.

Bundan avval ham Nissan kompaniyasi bir necha marotaba ikkinchi avlod Leaf tizerlarini namoyish qilgan edi. Masalan, hozirda model raqamli uskunalar paneli, qisman muqobil boshqaruv tizimi, «aqlli» tezlashish pedali haqida ma'lumotlar mavjud. 

Avgust boshlarida ikkinchi avlod Nissan Leaf niqobsiz suratlari internetdapaydo bo‘lgan edi. U modelning Barselonadagi reklama roligini tasvirga olish chog‘ida suratga olingan. 

Top