Bir neça ön yillardan söng Pokiston, Hindiston va Bangladeş hududlari odam hayoti uçun yaroqsiz holga kelişi mumkin. Bu haqda 3 avgustda Hindustan Times naşri Massaçusest texnologik instituti mutaxassislarining izlanişlariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

Olimlarning başorat qilişiça, joriy asr oxiriga kelib Yerning 20 foiz aholisi yaşaydigan Janubiy Osiyo mintaqasida havo harorati va namgarçilik körsatkiçlari inson uçun yaroqli darajadan oşib ketişi mumkin. 

Massaçusets texnologik institutining ekologik injyeneriya professori Alfotix Altoxir rahbarligi ostida ötkazilgan tadqiqot davomida «nam termometr” deb ataluvçi körsatkiç asos sifatida olingan. Bu körsatkiç özidan ikki omil: atrof-muhit harorati va namgarçilik kombinatsiyasini namoyon qiladi va u yoki bu buyumning öz sirtidan suyuqlikni buğlantirib özini sovitiş qobiliyatini aks ettiradi. “Nam termometr” körsatkiçi 35 gradusdan oşganda, odam öz tanasi haroratini oddiy ter çiqariş bilan nazorat qila olmaydi va buning oqibatida uni issiq uriş va ölim kutadi. Iqlimşunos olimlar tomondan ötkazilgan modellaştiriş davomida 2100 yilga kelib eng yomon ssenariyga köra Hindistonning 70 foiz aholisi vaqti-vaqti bilan har yili 32 gradusda «nam termometr” harorati bilan töqnaşişi, 2 foiz aholisi esa bu körsatkiçning me'yordan oşişi oqibatida issiq uriş qurboniga aylanişi aniqlangan.

Altoxirning aytişiça, bu mintaqa qişloq xöjaligi nuqtai nazaridan juda muhimdir. “Yuqori haroratlar tufayli nafaqat odamlar, balki qişloq xöjaligi ham ziyon köradi. Bu esa barçaga ta'sir qiladi», deb aytmoqda olim.

Hozir sayyoramizdagi “nam termometr” harorati kamdan-kam hollarda 31 gradusdan oşadi, biroq 2015 yilda Fors körfazi mintaqasida inson uçun çegaraviy 35 graduslik körsatkiçlar qayd qilingan. Şu sababli tadqiqotçilar iqlim böyiça Parij kelişuvini bajarişga iloji boriça tezroq kirişişga çaqirmoqdalar, çunki ularning aytişiça, bu dunyo aholisi uçun qizib ketiş xatarini ança kamaytirişi mumkin.