Amerikaning obröli Consumer Reports naşri turli rusumdagi eng yaxşi avtomobillarni aniqladi. Naşr 2017 yilga modellar qatoridan 10 toifa böyiça eng yaxşilarini tanladi. Maşinalarning barçasi jurnal tomonidan ötkazilgan test-drayvlar natijasida aniqlangan. Tanlov mezoni sifatida modelning yakuniy baholanişi, işonçlilik reytingi, xavfsizlik körsatkiçi va mijozlar fikri e'tiborga olingan. Naşr sönggi mezon – xaridorlar fikri borasida 300 mingdan ortiq iste'molçilarning 2014 yildan keyingi modellar qatoriga doir qaraşlarini inobatga olgan. Demak, tanişamiz, Amerikaning 2017 yildagi eng yaxşi avtomobillari Top-10 ligi:
Toyota Yaris iA subixçam avtomobili

Mazda kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan (aytiş mumkinki, bu taşqi körinişi özgartirilgan Mazda2) va AQŞda Scion nomi bilan sotilgan, uning bozorni tark etişidan söng Toyotaga aylanib yana qaytgan maşina yuqori işonç körsatkiçi va xaridorlarning ijobiy fikrlariga ega. Consumer Reports avtomobilni arzon sedanlar orasidagi eng yaxşilaridan biri deb e'tirof etdi.
Chevrolet Cruze ixçam sedani

Consumer Reports vakillarining qayd etişlariça, yangi Cruze – öz tasnifida ekspertlarning eng yuqori baholariga ega bölgan kamssonli avtomobillardan biridir. U Honda Civic va Toyota Corolla bilan bemalol raqobat qila oladi.
Toyota Prius ixçam gibridi

Ha, bu avtomobil Amerikaning turli reytinglarida doimiy ravişda qatnaşib keladi. Consumer Reports naşrining ta'kidlaşiça, «Prius»ning işonçlilik körsatkiçi va mijozlarning ijobiy qaraşlari borasida yuqori natijalarni qayd etgan. Xaridorlarning aksariyati navbatdagi maşina sifatida ayni şu modelning yangi avlodini xarid qilişini bildirgan.
Mazda MX-5 sportkari

Iste'molçilarning ijobiy baholari, boşqarişda qulaylik va tejamkorlik, deb yozadi Consumer Reports, rodsterga 2017 yilning eng yaxşi maşinalari qatoridan joy olişga imkon berdi.
















