AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşingtonni tark etib, Nyu-Jyersi ştatidagi şaxsiy golf-klubiga ta'til ötkazgani keldi. Bu haqda Oq uy jurnalistlari ma'lum qildilar.
Prezident 4 avgust tuşlikdan keyin Vaşingtondan uçib ketgan. Uni Oq uy apparati boşliği, maslahatçilari va oila a'zolari kuzatib qolişgan. U 17 kunlik ta'tilni Bedminsterdagi golf-klubida ötkazmoqçi. U bu yerga nabiralari bilan kelgan.
Ma'lum qilinişiça, avvalgi prezidentlarni "ta'tillar" uçun tanqid qilgan Trampning uzoq vaqt yöq bölişi qisman majburiy hisoblanadi: u yöq bölganda Oq uy jiddiy ta'mirdan çiqariladi. Uning ğarbiy qismida eski havo sovitiş va şamollatiş tizimi almaştiriladi, Oq uyning taşqi va içki körişini ham yangilanadi: bino böyab çiqiladi, zinapoyalari ta'mirlanadi, gilam va pardalar almaştiriladi, matbuot idorasidagi çakka ötiş bartaraf etiladi.
Trapmni kuzatib qolgan jurnalistlarning aytişlariça, u Oq uyni ularga vertolyot trapidan qöl silkitgança tark etgan. Tramp Barak Obama uçun an'anaga aylangan ta'tildan oldingi matbuot anjumani bermagan.











