Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe hukumatini qöllab-quvvatlaş reytingi Vazirlar mahkamasi tarkibidagi özgarişlardan söng ösdi. Mamlakatning yetakçi naşrlari tomonidan ötkazilgan sörovlar natijasi şundan dalolat qilmoqda. 

Ayni vaqtda Abe hukumatini qöllab-quvvatlaş darajasi 35-42 foizgaça kötarildi. Hukumat tarkibidagi özgarişlar 3 avgustda amalga oşirilgan edi. 

Mainichi naşriga köra, hukumat reytingi iyul oyidagi sörov natijasidan 9 foizga ösib 35 foizni taşkil etgan. 

Bunda Nikkei naşri körsatkiçi 3 punktga kötarilib, 42 foizni taşkil etmoqda. 

Yomiuri gazetasi ötkazgan ijtimoiy sörov ham 6 punktga ösiş kuzatilgani va aholining 42 foizi Vazirlar mahkamasini qöllab-quvvatlayotganini körsatmoqda.

Biroq Nikkei naşrining yozişiça, bu baribir Abe hukumati uçun yetarli emas. Bu raqamlar boş vazir Abe, uning vazirlari va Yaponiya liberal-demokratik partiyaga işonçsizlik katta ekanini körsatadi.  

3 avgust kuni Abe hukumat tarkibida keskin özgarişlarni amalga oşirib, 19 nafar yangi vazirni tayinlagan edi.