Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosatini izçil va samarali amalga oşiriş, yoşlarni har tamonlama qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, mamalakatimiz istiqboli uçun mas'uliyatni öz zimmasiga olişga qodir, taşabbuskor, şijoatli yoşlarni tarbiyalaşga qaratilgan yoşlarga oid davlat siyosati samaradorligini oşiriş va Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining №-5106-sonli farmoniga muvofiq joriy yilning 5 avgust kuni Xorazm viloyati Urganç şahrida “Yoşlar markazi”ning tantanali oçiliş marosimi ötkazildi.

Dastur doirasida Xonqa tumaninidagi “Vaisyoz-Qaxramon” fermer xöjaligida yoş tadbirkorlar va yoş fermerlar bilan Prezident maslahatçisi – Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kenaşi raisi Qahramon Quranbayev bilan oçiq muloqot ötkazildi. Mazkur muloqotda “Mening biznes ğoyam” tanlovida ğoliblikni qölga kiritgan, biroq bankdan hanuzaça imtiyozli kredit ola olmagan Sultonboyeva Çinnipoşşa ismli qizning işi şu zahotiyoq Q.Quranbayev tomonidan hal qilib berildi. Bank xodimlari bu işni 3 kundan ortiq keçiktirmaslikka va'da berişdi. Şuningdek, Çinnipoşşa imkoniyati çeklangan yoşlar bandligini ta'minlaş maslalasida reja işlab çiqqani va buning uçun unga bino zarurligi sabab, Xonqa tumani hokimi uni joy bilan ta'minlaşi haqida keltirib ötdi. Imkoniyati çeklangan yoşlar bandliini ta'minlaş hozirda dolzarb masala ekanligi heç kimga sir emas. Q.Quranbayev Çinnipoşşaga Ittifoq nomidan 5 ta tikuv maşinasini sovğa qildi.

Bundan taşqari Bookcafe taşkil etiş niyati bölgan, ammo özi istiqomat qiladigan tuman hokimiyati tomonidan yordam ololmagan Diyorbek Qurbonov ham öziga ma'qul joyda mazkur kafeni oçiş borasida Prezident maslahatçisining va'dasini oldi.

Oçiq muloqot davomida sözga çiqqan Islombek Avezov esa öz taklifi sabab “Yoş sartaroşlar uyuşmasi” rahbarligiga Q.Qöçqoroviç tomonidan tayinlandi.
Mazkur muloqotda sözga çiqqan barça yoşlarning işlari yuz foiz ijobiy tomonga hal qilindi.













