Jidda şahrida Saudiya Arabistonining yangi valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon hayotiga suiqasd uyuştirilgan. Bu haqda arab naşrlaridagi xabarlarga asoslangan holda Erondagi FARS agentligi xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga köra, valiahd hayotiga saudiyalik şahzodalardan biri suiqasd qilgan. Muhammad ibn Salmonga şikast yetmagan, uni öldirmoqçi bölgan şahzoda hibsga olingan.
FARS agentligida qayd etilişiça, Muhammad ibn Salmonning keyingi qarorlari, şuningdek, öz raqobatçilaridan öç olişga bölgan harakatlari boşqa şahzodalar örtasida norozilik keltirib çiqarmoqda.
Mahalliy naşrlarda yozilişiça, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon yaqin 5 oy içida öz öğli foydasi uçun taxtdan voz keçişi mumkin. Yaqin vaqtlar içida u Marokaşga ta'tilni ötkaziş uçun yöl oladi, u yöqligida esa Muhammad ibn Salmon mamlakatni boşqaradi.
Muhammad ibn Salmon 21 iyun kuni uning otasi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud valiahdni özgartiriş haqidagi farmonni imzolagandan söng valiahd şahzodaga aylangandi: jiyani Muhammad ibn Noif örniga qirolning 31 yoşli öğli taxt vorisi, deb e'lon qilingandi. Muhammad ibn Noif içki işlar vaziri lavozimidan ham mosuvo böldi, Muhammad ibn Salmon esa mudofaa vaziri lavozimi va hukumatda boş vazir örinbosarligini saqlab qoldi.
Muhammad ibn Noif ayni vaqtda uy qamoğida saqlanmoqda. Valiahd maqomidan ayrilgaç, u heç qayerga çiqa olmaydi va heç kim bilan telefon orqali muloqot qila olmaydi.
Ayrim manbalarga köra, uning taxt vorisligidan çetlatilişiga giyohvand bölib qolgani sabab edi.

















