Özbekiston çempionatining 16-turidan örin olgan yana ikki uçraşuv bölib ötdi. Ulardan birida «Neftçi» öz uyida «Şörtan»ni qabul qildi.
Uçraşuvning 63-daqiqasida mehmonlar vakili Laziz Ubaydullayev hisobni oçişga muvaffaq böldi, biroq oradan köp ötmay mezbonlar tarkibida zaxiradan maydonga tuşirilgan Möydin Mamazulumov öz ismini tabloga yozdirib qöydi va muvozanatni tikladi. Uşbu hisob öyin oxiriga qadar saqlanib qoldi. Natijada «Neftçi» Oliy Liga doirasida ketma-ket ğalabasiz öyinlari soni 6taga yetdi.
Ikkinçi öyinda «Olmaliq» «Buxoro»ni qabul qilib, sönggi daqiqalarda mağlubiyatdan qutulib qoldi. 35-daqiqada Igor Yyeliç penaltini noaniq bajarib, mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqişni uddalay olmagan bölsa, 70-daqiqada Ivan Nagayev mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Biroq bahsning sönggida boş hakam Ravşan Ermatov belgilagan yana bir penaltini bu safar Şota Grigalaşvili aniq amalga oşirib, mezbonlarni mağlubiyatdan qutqarib qoldi.
Oliy liga, 16-tur
«Neftçi» – «Şörtan» 1:1 (0:0)
Gollar: Möydin Mamazulumov (68) — Laziz Ubaydullayev (63).
«Neftçi»: Ötkir Yusupov, Doston Tursunov, Kamronbey Kapadze, Muzaffar Muzaffarov, Dilyorbek Ermatov, Abdurahmon Abdulhaqov, Abdujamol Isroilov, Ibrohim Rahimov, Mansur Saidov, Alişer Şoğulomov, Otabek Haydarov
«Şörtan»: Alibek Turobov, Jamol Otaqulov, Hasanboy Ergaşev, Igor Taran, Laziz Ubaydullayev, Eldor Boymatov, Sunnatilla Mamadaliyev, Dilşod Xuşboqov, Abbos Omonov, Otabek Narzullayev, Ruslan Melziddinov
«Olmaliq» – «Buxoro» 1:1 (0:0)
Gol: Şota Grigalaşvili (90, penalti) — Ivan Nagayev (70).
Noaniq penalti: Igor Yyeliç (35, Olmaliq)
«Olmaliq»: Akbar Törayev, Dilşod Jörayev (Şota Grigalaşvili, 74), Şohnazar Norbekov (Viktor Klişin, 73), Kamoliddin Murzoyev, Şavkat Mullajonov, Islom Inomov, Zafar Polvonov, Rahmatullo Berdimurodov, Sanjar Rixsiboyev (Lutfulla Törayev, 75), Igor Yyeliç, Vladislav Kosminin.
«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Bobur Omonov, Ivor Veytser (Alişer Sanoyev, 46), San'at Şixov, Artyom Filiposyan, Robbim Hasanov, Vladimir Bayenko, Alişer Samatov, Tohirjon Şamsiddinov, Ivan Nagayev (Azamat Allaniyozov, 76) Javohir Qahramonov (Ergaş Ismoilov, 82).












