SAVOL: 2013–2016 yillarda «Angren–Pop» temir yöl qurilişi tufayli hozirda menga tegişli bölgan boğ batamom qurib, nes-nobud bölib ayançli ahvolga kelib qoldi. Ariq yöllarini yöqotib taşlaşgan. Bir neça mutassadi taşkilotlarga murojaat bilan çiqdim — heç kim yetkazilgan zararni qoplaşni böyniga olmayapti. Şu masalada maslahat bersangiz: qanday yöl tutişim kerak?

(Savolni yöllagan fuqaroning ism-familiyasi va qaysi viloyatda istiqomat qilişi ma'lum qilinmagan).

JAVOB: Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 iyuldagi «Angren-Pop» elektrlaştirilgan temir yöl yönalişini quriliş işlarini taşkil etiş töğrisida»gi 1985-sonli qarorining 10-bandiga muvofiq, yetkazilgan zararni qoplaş masalasi Toşkent viloyati hamda Namangan viloyati hokimliklariga yuklatilganligini ma'lum qilamiz.

Savolga «Özbekiston temir yöllari» AJ yuridik boşqarmasining yuriskonsulti Azamat Ollaberganov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.