Bangladeş poytaxti Dakka şahridagi asosiy aeroportning bojxona xizmati xodimlari yakşanba kuni umumiy oğirligi 25 kg bölgan 250 dona tilla bölakçalarini mamlakatga olib kirişga uringan şaxsni töxtatişdi.

Bojxona xizmatçilari özini nogironlardek tutib, «yaşil yölakça» orqali aravada ötib ketayotgan Zamil Aktardan şubhalangan hamda umumiy qiymati 1,54 million AQŞ dollari miqdoridagi köplab tilla bölakçalarini topib olişgan, deb yoziladi Sinxua naşri xabarida.

Jinoyatçi Singapur havo yöllarining keçki soat 11:00da Hazrat Şohjalol xalqaro aeroportiga qöngan bort yölovçisi bölgan. Ötgan davr mobaynida Bangladeşda oltin, xorijiy valyuta va tibbiy dori-darmonlar kontrabandasi kuçayib bormoqda, deb ta'kidlanadi manbada.