Braziliya xarobalarida adaşib qolgan ingliz ayol yakşanba kuni bir guruh noma'lum şaxslar tomonidan öldirib ketilgan. Angra dos Reys böylab turmuş örtoği va uç nafar farzandi bilan sayohat qilib yurgan xonim oilasi bilan sayohat vaqtida ulardan ajralib, adaşib qolgan.

O Globo naşrining yozişiça, qurollanganlardan biri yölidan adaşib qolgan sayyohga qarata öq uzgan. Ayolning jarohati unçalik oğir emas, deb baholanayotgan edi.

Oila a'zolarining qolganlari barça soğ-salomat va ayolning vafotidan qayğuda. Ular, aslida, Angra dos Reysdan 145 km uzoqlikdagi sohilböyi dam oliş maskanini axtarib yurişgan edi. Ingliz sayyohlari mahalliy aholiga "Agua Santa" nomi bilan taniş bölgan narkodilerlar maskaniga adaşib kelib qolganida mudhiş voqea yuz bergan.

Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligining mas'ul xodimi uşbu masala böyiça Braziliya politsiyasi bilan tezkor tergov işlarini olib borayotganini bildirdi.