Prezidentning 27.07.2017 yildagi PF-5121-son farmoni bilan Çet elda malaka oşiriş, stajirovka ötaş va ta’lim oliş uçun nomzodlarni saralaş tanlovini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Eslatib ötamiz, ta’lim oliş, şuningdek malaka oşiriş va stajirovka ötaş Prezidentning “Iste’dod” jamğarmasi liniyasi böyiça amalga oşiriladi.
Stipendiya nima uçun beriladi?
Jamğarma stipendiyalari muayyan muddatga har yili tasdiqlanadigan maqsadli dasturlar böyiça ajratiladi.

Stipendiyalar tanlovdan ötgan şaxslarga quyidagi xarajatlarni qoplaş uçun ajratiladi:
• stipendiatning çet el ta’lim va ilmiy muassasasida ta’lim olişi (malaka oşirişi, stajirovka ötaşi) uçun tölanadigan mablağ;
• stipendiatlarning viza olişlari;
• stipendiatning ta’lim oliş (malaka oşiriş, stajirovka ötaş) joyiga yetib borişi va qaytib kelişi uçun barça turdagi transport xarajatlari (bir yilda bir martadan köp bölmagan holda);
• stipendiatlarning ta’lim olişi (malaka oşirişi, stajirovka ötaşi) davrida turar joy va ovqatlaniş xarajatlari;
• Jamğarma Vasiylik kengaşi qarori böyiça stipendiatlarning ta’lim olişi (malaka oşirişi, stajirovka ötaşi) bilan bevosita boğliq bölgan boşqa xarajatlar.
Qanday stipendiat böliş mumkin?
Saralaş tanlovi haqida uni ötkazişdan bir oy oldin e’lon qilinadi. E’lon OAV, şuningdek, internet-naşrlar va Jamğarmaning saytiga joylaştiriladi. Tanlovda iştirok etiş uçun Jamğarma qabul komissiyasiga tasdiqlangan röyxat böyiça hujjatlar paketini topşiriş zarur.
Çet elda magistratura va PhD dasturlari böyiça ta’lim olişga nomzodlarni saralaş 2 bosqiçda ötkaziladi:
1-bosqiç - darajalarni aniqlaş uçun Jamğarma bazasida suhbat ötkaziş:












