Parijda 5 avgustda mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da bir erkak Eyfel minorasi yopilişiga bir soatça vaqt qolganda uning ostonasida joylaşgan politsiya nazoratidan ötib ketmoqçi bölgan.
Aniqlanişiça, erkakda sovuq qurol – piçoq bölgan. U piçoq bilan minora qöriqçilariga hujum qilib, taşrif buyuruvçilar tekşiriladigan punktdan ötib ketmoqçi bölgan. Öz vaqtida yetib kelgan harbiy patrul uni tezda qölga olgan. Voqea oqibatida minoradan sayyohlar evakuatsiya qilinganlar.
Erkak terakt sodir etmoqçi va harbiyni öldirmoqçi bölganini tan olgan. U IŞID a'zolari bilan aloqada bölganini qöşimça qilgan. Uning bu körsatmalari sababli uşbu iş tergovi Parij prokuraturasining terrorçilikka qarşi kuraş bölimiga topşirilgan. Keyinroq erkak ruhiy kasallikdan aziyat çekişi va yaqinda davolaş kursidan ötgani aniqlangan.
Ma'lumotlarga köra, 6 avgustga ötar keçasi minora Parijning "PSJ" klubi ranglari bilan yoritilgan. Parijliklar braziliyalik futbolçi Neymarning klubga ötişini şu tariqa nişonlaşgan.













