Eyfel minorasining tepa qismi keyingi ikki kun taşrif buyuruvçilar uçun yopiq böladi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Parijda bugun havo harorati 41 daraja issiq bölişi prognoz qilinmoqda.

Havo haroratining qizil darajali xavfi Parijdan taşqari, Fransiyaning yana 15 ta departamentida e’lon qilingan. Ekstremal jazirama tufayli 1350 ta fransuz maktabi qisman yoki töliq yopilgan, Ardeş va Drom mintaqalarida 5 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz qolgan. Parij va bir neçta şaharlar örtasida, jumladan, Tuluza va Limuzenga poyezdlar harakati töxtatilgan.

Yevropaning katta qismida jazirama issiq havo kuzatilmoqda. Ispaniyaning ayrim hududlarida harorat 43 darajagaça kötarilişi kutilyapti. Portugaliyada ham şu kabi maksimal harorat kuzatilişi mumkin — 29 iyun kuni mamlakatda havo harorati 46,6 darajaga çiqqandi. Londonda harorat 34 darajani taşkil etadi, ammo çorşanba kunidan boşlab havo soviydi. Prognozlarga köra, Italiyaning Florensiyasida ertaga harorat 40 darajada issiq böladi. Germaniyada Kyolndan ğarbda joylaşgan beşta okrug va janubdagi uçta mintaqa uçun issiq xavfidan ogohlantiriş e’lon qilindi.

Eng issiq havo ertaga kuzatiladi, şundan keyin yomğirlar boşlanadi. Versiyalardan biriga köra, konditsionerlardan foydalaniş global isiş jarayonlarini kuçaytirmoqda.