«Liverpul», aniqroği «Liverpul» muxlislari har yili klub çempionlik uçun kuraşişini kutişadi. Klub rahbariyati, murabbiylari va futbolçilar ham şu haqida gapirişadi. Lekin, nazarimda, amalda çempionlik kuraşida qatnaşa oladigan jamoa şakllantiriş uçun yetarli harakat qilinmaydi.
Xöş, çempionlik uçun kuraşadigan jamoa qanday bölişi kerak özi?!
Eng avvalo, çempionlik uçun kuraşadigan jamoa öz yetakçilarini saqlab qola bilişi kerak.
Öşa «Liverpul» çempion bölişiga sal qolgan mavsumdan keyin barça muxlislar yozda tarkib kuçaytirilib, yangi mavsumda yanada jiddiyroq kuraşni kutişgan edi. Amalda esa jamoaning eng yaxşi töpurari va lideri Luis Suares sotib yuborildi. Klopp kelgan yiliyoq Liga kubogi va Yevropa ligasi finaliga yöllanma olib, sal harakat qilinsa, yuqori marralar uçun kuraşiş mumkinligini isbotlagandek böldi. Mavsum oraliğida top futbolçilar kelişi kutildi. Klub esa Sadio Mane, Veynaldum, Klavan va Loris Kariusni taklif qildi. Muxlislar, keyingi mavsum Çempionlar Ligasiga çiqsak top futbolçilar ham keladi, deb özlarini yupatişdi. Klub amallab 4-örinni egalladi. Transfer oynasida faollik kutildi. Natija esa — nol. Miş-mişdan nariga ötilmayapti. Aksinça, klubning yana bir yetakçisi Koutino jamoani tark etişi haqiqatga yaqinroq bölib turibdi.
Çempionlik uçun kuraşadigan jamoa ötgan mavsumdagi zaif çiziqlarni kuçli futbolçilar bilan töldiradi.
«Liverpul»ning ötgan mavsumdagi eng zaif çiziqlari — darvoza va himoya. Lekin mavsum oraliğida na darvozabon va na himoyaçi taklif qilindi. Töğri, Çempionşipdan heç kim tanimaydigan çap qanot himoyaçisi Robertson taklif qilindi. Lekin muxlislar kutgan futbolçi emas u.
«Liverpul» kimlarni sotib oldi?! Hujumkor yarim himoyaçi Muhammad Saloh va hujumçi Dominik Solanke. Klubdagi eng kuçli çiziqlarning yanada kuçaytirilişidan nima ma'no bor, töğrisi, men tuşunmadim.
Keça Yurgen Klopp, biz heç qanday transfer amalga oşirmagan holda yana bir yarim himoyaçiga ega böldik, debdi. Robertson va Morenoning işonçli öyini Milnerni yana yarim himoyaga qöyişga imkon tuğdirgan emiş. Qolaversa, Kloppga köra, «Liverpul» tarkibida tört nafar yaxşi markaziy himoyaçi bor ekan va boşqa himoyaçiga ehtiyoj yöq. Muxlislar bu gaplarni, boşqa transfer kutmanglar, deb tuşunişdi.
Endi bir raqobatçilarga nazar solaylik. «Mançester Siti» darvozabon va himoyaçilar oldi. «Mançester Yunayted» ötgan mavsumda pand bergan barça çiziqlarni kuçli futbolçilar hisobiga töldirdi. «Çelsi» Bakayoko va Ryudiger bilan kuçaydi. «Tottenhem» yetakçilarini saqlab qolişga erişdi. Yozda parokanda bölişi kutilgan «Arsenal» Özil va Sançesni saqlab qoliş barobarida Kolaşinats va Lyakazet bilan yanada kuçaydi. Ötgan mavsumda «Liverpul» tarkib jihatdan barça raqobatçilaridan kuçsizroq edi. Mavsumlar oraliğida, raqobatçilar tarkiblari kuçayişi oqibatida, «Liverpul» va çempionlikka da'vogar boşqa klublar orasidagi farq yanada ortdi.












