Hozirgi tezkor rivojlaniş davrida yoşlarning aksariyat qismi oliy ta'lim oliş istagida va harakatida. Buni mamlakatimiz OTMlariga hujjat topşirgan abituriyentlar sonining betöxtov ösiş dinamikasi ham körsatib turibdi. Son bilan birga sifatning ham oşayotgani e'tiborga loyiq. 10 yil oldingi holat bilan soliştiradigan bölsak, hozirgi abituriyentlarning aksariyat qismi imtihonlar uçun ançayin sifatli va samarali tayyorgarlik körmoqda. Bu yönalişda repititorlik, nodavlat ta'lim muassasalari xizmatlari tahsinga loyiq.

Abituriyentlar sifatli tayyorgarlik evaziga öqişga kirmoqda, lekin, ular buning evaziga 100 foiz sifatga javob beradigan ta'lim olişadimi? Öşa 100 foizga yetiş yölidagi muammolarni öz nuqtai nazarim asosida keltirib ötsam.

Kiriş imtihonlaridagi muammolar

Hujjat topşiriş tizimini zamon talablariga moslaş kerak. Bu öta dolzarb masaladir. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari asrida yaşamoqdamiz-u, hali-hamon öqişga hujjat tayyorlayotgan, boşqa viloyat OTMiga borib topşirib, imtihongaça yana sargardon yurganlarga közimiz tuşadi.

Vaholanki, AQŞ va Yevropaning yetakçi davlatlari hujjatlarni elektron şaklda, masofadan turib qabul qilişga ötganiga ança bölib qoldi. Haqiqatdan ham ğalati holat. Bir tanişim bakalavrga kiriş imtihoni uçun poytaxtga bir oy içida 4 marta borib kelgani esimda. Bakalavrni tugatgaç esa magistraturaga AQŞning Kaliforniya ştatidagi bir universitetga okeanning bu tomonida turib hujjat ham topşirdi, onlayn imtihon ham topşirib öqişga kirdi. Axir bu ajoyibku, töğrimi?

Xullas, hujjat topşiriş elektron şaklga ötkazilsa, abituriyentlarning ham vaqti, ham naqdi tejaladi. Qabul qiluvçi komissiya ham birinçi 5 kunlikda kuniga 5tadan, oxirgi 5 kunligida esa 500ta hujjat qabul qiliş muammosidan xalos böladi. Bu ikki tomonlama foydali va zamon talabiga töliq javob beradigan özgariş bölar edi, agar sodir bölsa.

Yildan yilga qiyinlaşib borayotgan kiriş imtihonlari abituriyentlarga yetarliça muammolar va bir talay iş orttirmoqda. Imtihonlarni samarali taşkil etiş degani bu savollarnigina qiyinlaştiriş evaziga sun'iy tösiqlar yaratiş, degani emas, menimça. Çunki savol obekti tobora maydalaşib, mujmallaşib abituriyentni keragidan ortiq qiynab yubormoqda. Bunday holatlarni ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarida yaqqol kuzatişimiz mumkin, boşqa fanlar ham bundan mustasno emas.

Bundan taşqari, 36 talik 3 blokli test ham ba'zida samara bermayotganini kuzatişimiz mumkin. Misol tariqasida olsak, kiriş balli 75-85 oraliğida böladigan yönalişga qanday abituriyent öqişga kiradi degan savolni beraman. Ha, topdingiz, faqatgina omadli abituriyent! Lekin gap ta'lim haqida borar ekan birinçi navbatda ilm olgan abituriyent öqişga kirişi lozim.