2017 yil yanvar-iyun oylarida Özbekiston çakana savdo aylanmasi hajmi 49,75 trln sömni taşkil etgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 11,1 foizga köp demakdir.

Yirik korxonalarning çakana savdosi 5,25 trln sömni, çakana savdo tuzilmasida 10,6 foizdan iborat bölgan, deb yozmoqda Uzdaily.uz.

Kiçik biznes va mikrofirmalar savdo aylanmasi 9,6 foizga ösib, 11,413 trln sömga yetgan. Ularning umumiy çakana savdodagi uluşi 22,9 foizni taşkil etdi. 

Umumiy savdo aylanmasida yakka tartibdagi tadbirkorlarning mahsulotlar sotişi 33,082 trln söm bölib,2016 yilning şu davriga nisbatan 11 foizga ösgan. Uşbu sohaning umumiy savdo aylanmasining 66,5 foizidan iborat bölgani ta'kidlanmoqda.

Davlat mulki hisoblangan korxonalar çakana savdo hajmi 83,1 mlrd sömni taşkil etib, ötgan yilning birinçi yarim yilligiga nisbatan 42,9 foizga oşgan.

Davlatga qaraşli bölmagan korxonalarning çakana savdodagi hajmi 49,66 trln sömdan oşib, ötgan yilning şu davriga qaraganda 11 foizlik ösişni qayd etgan. Uning umumiy çakana savdo aylanmasidagi uluşi 99,8 foizdir. 

Çakana savdoning eng katta uluşi Toşkent şahri (21,4 foz), Toşkent viloyati (10,4), Farğona viloyatiga (8,9) töğri kelgan. Eng past körsatkiçlar Sirdaryo viloyati (1,8) Jizzax viloyati (3,4) va Qoraqalpoğiston Respublikasiga (3,4) töğri kelgan.