Igor Slaşçev (ism-familiyalar özgartirilgan) kollejni tamomlasa-da, öquv yurtida örgatilgan, kelajakda özi uçun kerak böladigan kasb-hunarning boşini tutmadi. Işsiz yurib, köça-köyda duç kelgan yumuşlarni bajarişga odatlandi. Bu esa uning axloqiga ham salbiy ta'sir körsatdi. Bu orada öğirlik jinoyatini sodir etganligi uçun ikki bor sudlandi. Lekin u körsatilgan bağrikenglik tamoyillaridan öziga töğri xulosa çiqarmadi. Aksinça, “Örgangan köngil, örtansa qöymas” deganlaridek, yana eski “iş”ini davom ettirdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Poytaxtga kelgan Igor Slaşçevga şahar boşqaça körindi. Yöllar, köçalar hamma tomonda maşina. Qarovsizdek körinayotgan bu avtomaşinalar Igorning eski kasalini qözğadi. Olmazor tumanida köçada turgan “Neksiya-2” avtomaşinasini egasi yöqligidan foydalanib olib qoçdi. Ma'lum joyga yetgaç, maşinaning ehtiyot ğildiragini olib, yaşirindi. Ğildirakni esa notaniş kişiga 45 ming sömga sotdi.
Işning oson keçganidan ruhlangan Igor Jizzax şahriga kelib “faoliyati”ni yanada kengaytirdi. U “Çorsu dehqon bozori” hududida turgan “Damas” avtomaşinasining orqa oynasini sindirib, 700 ming söm naqd pul va 5 kişiga tegişli jami 1 mln. 600 ming söm pul mablaği bölgan bank plastik kartalarni olib, juftakni rostladi.
Yengil daromad topiş payiga tuşgan Igor bu safar tungi soat ikkilarda şahardagi Uluğbek köçasidagi xonadonlardan biriga deraza orqali kiradi. Bu yerdan u 500 ming sömlik “Samsung” rusumli telefon apparatini öğirlab çiqadi. “Ölja”sidan köngli tölmagan Igor şu vaqtning özida köçadagi boşqa xonadonga kirişni rejalaştiradi. Aylanib yurib, öziga “obekt” tanlaydi va uyning deraza oynasini sindirib, içkariga kiradi. Bu yerdan 500 ming söm pul va boşqa buyumlarni olib yaşirinadi.
Igorning bu “yuriş”lari töxtamadi. Oradan 5 kun ötib, şahardagi Begariq köçasida paydo böldi. Bu yerda ham xonadonga deraza orqali kirib, 900 AQŞ dollari, 40 ming sömlik kumuş uzuk, 980 ming sömlik erkaklar tilla uzugi, 2 mln. 500 ming sömlik uçta ayollar tilla uzugi, 250 ming sömlik bir juft ayollar tilla sirğasini olib, voqea joyidan yaşirinadi.
Har bir işning intihosi bölgani singari Igor Slaşçevning ham jinoyatlariga “nuqta” qöyildi.
Jinoyat işlari böyiça Jizzax şahar sudining hukmi bilan Igor Slaşçevga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.











