Afrika qolgan qit'alardan keçroq bölsa-da, xalqaro kosmik poygalarga qöşildi. Yer atrofi orbitasiga olib çiqilgan ilk afrika sun'iy yöldoşi Gana davlatining Koforidua şahrida joylaşgan Barça millatlar universiteti muhandislari jamoasi tomonidan işlab çiqilgan GhanaSat-1 böldi. Hi-News şu haqida xabar berdi. 

Loyiha olimlarning ikki yilga yaqin vaqtini oldi, uning narxi esa 50 ming dollarni taşkil qildi. Sun'iy yöldoş iyun oyida NASA Xalqaro kosmik markaziga yetkazilgan va iyul oyida SpaceX kompaniyasi raketasida kosmosga olib çiqilgan. 

"Sun'iy yöldoşimiz oldida ikki asosiy vazifa turibdi. Birinçidan, u kameralari yordamida Gana qirğoqlarida monitoring olib boradi. Ikkinçidan, biz ta'lim maqsadlarini közladik. Sun'iy yöldoş orqali olingan ma'lumotlarni maktab dasturida qöllaş rejalaştirilmoqda", - deydi Barça millatlar universiteti professori Riçard Damoa. 

Orbitaga olib çiqilgan sun'iy yöldoşdan signal kelgan, bu esa uning parvozi muvaffaqiyatli keçganini bildiradi. Tabiiyki, Gananing kiçik sun'iy yöldoşi boşqa mamlakatlar yutuqlari oldida u qadar kuçli taassurot qoldirmaydi, biroq bu kiçik muvaffaqiyat afrikalik olimlar uçun  ulkan milliy ahamiyatga ega. Ayniqsa, olimlarning bu borada öz davlatidan heç qanday yordam olmaganini inobatga olganda. 

Taxminlarga köra, Ganadan keyin JAR, Nigeriya, Keniya va Efiopiya kosmik agentliklari öz sun'iy yöldoşlarini orbitaga olib çiqadi. Kelasi yili Angola öz sun'iy yöldoşini uçirişi esa aniq ma'lumotlarga asoslangan. 

Gana endi hukumatning qöllab-quvvatlaşi ostida ikkinçi sun'iy yöldoşini işlab çiqarmoqda va uni yanada sifatli kameralar bilan ta'minlaydi. Şu tariqa örmonlarning noqonuniy kesilişi va minerallarning qazib çiqarilişi davlat tomonidan nazoratga olinadi.