Amerika Qöşma Ştatlari IŞID jangarilariga qarşi kuraş bahonasida PKK - PYD terrorçi harakatining Suriyadagi qanoti jangarilarini qurollantirişda davom etmoqda. 

Anadolu agentligining xabar qilişiça, Pentagon PYD guruhiga qurol-yaroğlar va öq-dorilar töldirilgan yana 112 ta yuk maşinasini yuborgan. 

Yuk maşinalari ötgan tunda Iroq va Suriya çegarasini kesib ötib, Raqqa viloyatining şimoli tomon harakatlanmoqda, deydi agentlikning Xasake viloyatidagi muxbiri. 

Yuk maşinalarini zirxlangan «Hammerlar», benzovozlar va Amerika armiyasining boşqa zirxli maşinalari kuzatib bormoqda. 

Sönggi vaqtlarda Amerika qurollari ortilgan yuk maşinalari Suriya böylab asosan tungi vaqtlarda brezent bilan qoplangan holda köçmoqda.

Pentagon ma'muriyati ma'lumotlariga binoan, AQŞ Suriyadagi PYD guruhlariga 12 ming dona Kalaşnikov avtomatlari, 6 ming miltiq va 3500 ta pulemyot, 3 ming RPG-7 granatomyoti, ming dona Amerikada işlabçiqilgan AT-4 yoki Rossiyada işlab çiqilgan SPG-9 qurollarini yetazib berişni rejalaştirgan. 

Bundan taşqari, turli kalibrdagi 235 ta minomyot, 100 ta merganlar miltiği, 450 dona PV-7 tungi köriş durbinlarini yetkazib beradi.