Andijon şahrining Puşkin köçasida şahar içki işlar boşqarmasi va hokimlik tomonidan taşkil etilgan “Mahalla posti”da xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan özining harakatlari bilan şubha uyğotgan R.T. töxtatilib tekşirilganida, yonida xöjalik piçoği borligi aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bergan.
Undan nima sababdan piçoq olib yurgani söralganda, oilaviy kelişmovçilikdan siqilib, mast holda kelinining hatti-harakatlaridan norozi bölib, uni öldirmoqçiligini aytadi. Biroq kelini uyda bölmaganligi uçun köçaga qidirib çiqqanligini ma'lum qilgan.
Ayni vaqtda holatga oydinlik kiritiş maqsadida, suriştiruv işlari, şuningdek hudud profilaktika inspektori va mahalla faollari tomonidan tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.











