Dubay hukumati qator yonğinlar röy bergani sababli tez yonuvçi alyuminiy qoplamalar bilan öralgan osmonöpar binolarni yonğinga qarşi tösiqlar bilan ajratişni rejalaştirmoqda. The National naşri şu haqda yozmoqda.

Bu çora binoda yonğin yuz bergan taqdirda alanga tarqalişini sekinlaştiradi. Mazkur rejani öt öçiriş xizmati xavfsizlik böyiça ekspertlar bilan hamkorlikda örganib çiqmoqda. 

4 avgust kuni Dubaydagi eng baland turarjoy binosi The Torch yonğin domida qolgan edi. Bunda 87 qavatli binoning 64 qavati bir zumda olov qurşovida qoldi. Bu minora 2015 yilda ham yongan edi. Alanga alyukobond bilan qoplangan bino fasadi uzra katta sur'atda tarqalgan. 6 avgustda Dubai Marina tumanida boşqa bir turarjoy minorasi  — Tiger Tower yonğin içida qoldi. Ikki holatda ham binolarda yaşaydiganlarni köçiriş juda tez amalga oşirildi. Heç kim jabrlanmadi. 

Dubayda dunyodagi eng baland binolardan birida yonğin yuz berdi

 

Rejadan maqsad şundan iboratki, binoning har 10-20 metrlik oraliğida yonğinga çidamli materiallardan öziga xos tösiq örnatiş közda tutilmoqda. Bundan taşqari bino balkonlarida avtomatik öt öçiriş tizimlari ham örnatiladi. Çunki aksar yonğinlar aynan balkonlarda kelib çiqayotgani aniqlanmoqda. Xususan, 2012 yili Tamweel Tower turarjoy köpqavatli binosida yonğin çiqişiga öçirilmagan sigareta qoldiği sabab bölgan. 

Dubaydagi osmonöpar binoda yonğin çiqdi

Aytiş joizki, 2012 yildan beri Dubay osmonöpar binolarida yonğilar tez-tez sodir bölmoqda. 2015 yili Yangi yil arafasida amirlik şahardagi Address Downtown mehmonxonasi yonib ketdi. Bu vaqtda uning atrofida minglab odamlar bayram muşakbozligini tomoşa qiliş uçun töplanişgan edi. 

Dubaydagi mehmonxonada yonğin yuz berdi